Har bir otkritka nafaqat qog’oz, balki qo’ldan-qo’lga o’tadigan hikoyadir. Ana shunday otkritkalar yuborish va qabul qilishga taklif qiladigan otkritkalar almashinuvi loyihasi ya’ni “Postcrossing” ishqibozlari o’zlarining keyingi otkritkalarini O’zbekistonning go’zal tabiatiga bag’ishladilar va uning taqdimoti 18-fevral kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyida bo’lib o’tdi. Tashrif buyurgan mehmonlarimizga O’zbekiston tabiati haqida qiziqarli ekskursiyalar ham tashkillashtirildi.